Sifat menejmentini sertifikatlash organi

Sifat menejmentini sertifikatlashtirish organi

Standartlar institutining (institut) Sertifikatlashtirish organi (SO) sertifikatlashtirish milliy tizimida «O’zstandart» agentligi tomonidan akkreditlangan, O’zbekistonda sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha birinchi organdir.

Institutning SO sertifikatlari tashkilotlarga ichki va tashqi bozordagi ulushini ko’paytirib, tenderlarda ishtirok etish, ko’rgazmalarda o’z mahsulotini munosib ravishda taqdim etish, mamlakatimizning va chet el buyurtmachilari bilan foydali shartnomalar tuzish hamda davlat buyurtmalarini olish imkonini beradi.

Institutning SO auditorlari reestri ISO 19011 (O’z DSt ISO 19011) xalqaro standartining talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha mutaxassislarni o’z ichiga oladi. Auditorlardan tashqari, Institutning SO texnik ekspertlarni jalb qiladi, va bu 27 faoliyat (mashinasozlik, elektr va transport asbob-uskunalar, asbobsozlik, metal, kimyoviy va rezina buyumlari, mebel va to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va b.) sohalarida hamda xizmatlar (saqlash, transportda tashish, aloqa, ta’lim, loyihalashtirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish va boshqa faoliyat) sohasida sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar o’tkazilishini ta’minlaydi.

Institutning sertifikatlashtirish bo’limi qoshidagi SO ilmiy-tadqiqot va usuliy faoliyatni amalga oshirib, O’z SMTda sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqadi hamda «9000 seriyali standartlat ishlab chiqish», «Sifat menejmenti tizimlarining hujjatlarini ishlab chiqish», «Sifat menejmenti tizimlarining ichki auditi» mavzulari bo’yicha korxonalar xodimlarini o’qitishda katta tajribaga egadir.

Sertifikatlashtirish jarayoni

Institutning  SO o’z akkreditatsiyasi tufayli talabgorlarning  istagiga qarab tegishli sertifikatlar taqdim etgan holda bir vaqtning o’zida to’rtta menejment tizimi bo’yicha sertifikatlashtirishni amalga oshirishi mumkin.

Sertifikatlashtirish mijoz bilan tuzilgan bitta shartnoma doirasida amalga oshiriladi. Tekshirilayotgan tashkilot auditi bitta auditorlar guruhi tomonidan o’tkaziladi. Bir nechta menejment tizimlarida sertifikatlar berish to’g’risidagi qaror bir vaqtda qabul qilinadi.

Turli sertifikatlashtirish tizimlarida sertifikatlashtirish bo’yicha talabnomalar bitta shakl bo’yicha, biroq har bir tizim uchun alohida tarzda rasmiylashtiriladi. Talabnomada arizachi haqidagi ma’lumot sertifikatlashtirish jarayonini boshlash to’g’risida qaror qabul qilib, shartnoma tuzish uchun etarlicha to’liq ravishda taqdim etiladi.

Talabnoma shakllarini www.smsiti.uz web-saytida yoki bevosita Toshkent sh. 100059, Cho’pon – ota ko’ch., 9 «V» manzili bo’yicha institut binosida olish mumkin. Talabnoma tahlili ijobiy natija bersa, sertifikatlashtirish bo’yicha xizmat ko’rsatish uchun shartnoma tuziladi.

Ish haqi ishlarning hajmi hamda tashkilot xodimlarining soni, maydonchalar miqdori va ishlab chiqarish jarayonlarining murakkabligini hisobga oluvchi tuzatma koeffitsientlarni inobatga olgan holda belgilanadi. Ishlar hajmi IAF Xalqaro akkreditlash forumi tomonidan tavsiya etilgan normativlarni hisobga olib belgilanadi. Jumladan, audit davomliligini aniqlash uchun ish kunlarining soni quyida keltirilgan jadval bo’yicha belgilanadi. Ishlar uchun shartnomada ko’rsatiladigan narx talabnoma olingandan so’ng o’rnatiladi. Talabnoma tushishidan avval ishlarning taxminiy narxi to’g’risidagi axborot so’rovchi bevosita institutning SOga murojaat qilganda taqdim etiladi. 

Shaxsiy ma'lumotlar

Arizaning elektron shaklini yuklash

Yuklash

Qabul qilinadigan fayl formatlari: (*.pdf, *.doc, *.docx, *.jpg)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech