11.03.2020 0

Xalqaro standartlarga mos tibbiy niqoblar ishlab chiqariladi

Bugungi kunda dunyo aholisini tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan biri bu qator mamlakatlarni zabt etayotgan infektsion kasalliklarning tarqalishiga qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani masalasidir.
 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, jumladan bizning mamlakatimizda ham infektsion kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida  qator choralar ko‘rmoqda.
 O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri topshirig‘iga asosan, “O‘zstandart” agentligi  huzuridagi Standartlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro tajribalarga asoslangan holda sifatli tibbiy niqoblar ishlab chiqarish  bo‘yicha Davlat standarti ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi.
 Unga ko‘ra, bugungi kunda  ishlab chiqarilayotgan tibbiyot niqoblarga qo‘yilayotgan talablar yetarli emasligi, ushbu talablar bo‘yicha niqoblar ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida hamda kelajakda ushbu me’yoriy hujjat barcha tibbiyot niqoblarini ishlab chiqaruvchilari uchun yagona talabni shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi hujjat bo‘lishi haqida aytib o‘tildi.
 Yurtimizdagi tibbiy niqob ishlab chiqarish faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar, texnologlar va ekspertlarni jalb etgan holda, tez fursatlarda Yevropa me’yorlariga javob beradigan (EN 14683:2014) standarti asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartini (Oʻz DSt) ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
         Havola qilingan ushbu xalqaro standartdan bugungi kunda amaliyotda keng qo‘llanib kelinadi. Ushbu tibbiyot niqobning o‘lchamlari, shakli, filtri, mikrobiologik tozalik darajasi hamda xafvsizligiga qo‘yiladigan  talablarga javob beradi.
 Ta’kidlash joizki, joriy yilning 1 aprel sanasigacha ushbu loyihani samarali amalga oshirish vazifasi ko‘zda tutilgan.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech