25.02.2019 0

Xalqaro hamkorlik doirasida

“O‘zstandart” agentligi bilan “Tojikstandart” agentligi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, joriy yilning 18 - 22 fevral kunlari   “Radiotexnika va elektromagnit o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash”,  “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida rahbarning o‘rni” va “Xalq iste’mol mahsulotlarini sinash” ixtisosliklari bo‘yicha SMSITIda “Tojikstandart” agentligining 6 nafar mutaxassislari o‘z malakalarini oshirishdi. O‘quv jarayoni malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borildi. Amaliy mashg‘ulotlar O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va Respublika sinov sertifikatlashtirish markazining sinov laboratoriyalarida o‘tkazildi. Malaka oshirgan tinglovchilarga kurs yakunida sertifikatlar topshirildi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech