12.10.2018 0

O'zbekiston putur etkazmasdan tekshirish jamiyatining navbatdagi konferentsiyasi

2018 yil 12 oktyabr kuni O'zbekiston putur etkazmasdan tekshirish jamiyatining (O'zPYeTJ) navbatdagi konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Konferentsiya standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy – tadqiqot instituti (SMSITI) binosida o'tkazildi.

Konferetsiyada O'zbekiston putur etkazmasdan tekshirish tizimi istiqbollari va bugungi kundagi dolzarb masalalari ko'rib chiqildi. O'zbekiston putur etkazmasdan tekshirish jamiyati nodavlat-notijorat tashkilot tashkilot bo'lib, “O'zstandart” agentligi va “Sanoatgeokontexnazorat” DI tashabbusi bilan 2008 yilda tashkil qilingan bo'lib, u putur etkazmasdan tekshirish sohasidagi laboratoriya va mutaxassislarni birlashtiradi.

Jamiyatning asosiy vazifasi putur etkazmasdan tekshirish mutaxassislarini tayyorlash va sertifikatlashtirish; soha bo'yicha olimlar va mutaxassislarning o'zaro muloqotlarini tashkillashtirish; putur etkazmasdan tekshirish usullari va vositalari tadqiqot qilish, yaratish va joriy etish bo'yicha o'zaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishda ishtirok etishdan iborat.

Konferetsiyada kun tartibiga qo'yilgan masalalar ko'rib chiqildi va putur etkazmasdan tekshirish tizimini rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilindi.

 Alisher Samidjonov

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech