18.03.2018 18

“O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, sifat infratuzilmasi va mahsulotlarning halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavzusida Halqaro ilmiy amaliy-anjuman o’tkazildi

      28 mart kuni International Hotel Tashkent mexmonxonasida, anjumaning birinchi kuni plenar ko’rinishda o’tdi va unda 300 dan ortiq kichik biznes va tabdirkorlik sub’ektlari, mavzuga tegishli vazirlik va idoralarning vakillari qatnashdilar. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlardan- GLOBAL G.A.P kotibiyati, Halqaro-savdo markazi (ITC), Turk Standartlar Instituti, Halqaro moliya korporatsiyasi, BMT taraqqiyot dasturi, Germaniya fizika-texnika instituti, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jalik tashkiloti, Germaniya halqaro xamkorlik jamiyati tashkilotlarining halqaro ekspertlari va boshqa mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar, barcha anjuman ishtirokchilarga tarqatma materiallar taqdim etildi. (tashkilotlar ro’yxati 1 ilovada, tarqatma materiallar 4 ilova da ko’rsatilgan)

      Dastur bo’yicha ilmiy-amaliy anjumani O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Loyiha Boshqaruvi Milliy Agentligi direktor o’rinbosari Gulnora Urmanova ochib berdi. Gulnora Urmanova hozirgi kunda O’zbekistonda eksport yo’nalishiga qaratilgan qaror va loyihalar bilan anjuman ishtirokchilarni tanishtirdi. “O’zbekistonda meva-sabzovot mahsulotlarining eskport salohiyatini oshirish” mavzusi bo’yicha Tashqi ishlar vaziri Xodjaev Jamshid Abduxakimovich, “Sifat infratuzilmasi va halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavzusi bo’yicha “O’zstandart” Agentligining Bosh direktori Karimov Abduxamid O’tkurovich, “Evropa Ittifoqi mamlakatlariga meva va sabzavot mahsulotlarini esport qilish muammolari” mavzusi bo’yicha “O’zbekozikovkatxolding” kompaniyasi boshqaruv raisi Jalilov Toxirjon Abdunabievich, “O’zbek tovarlari eksportini oshirish vositasi sifatida milliy sifat infratuzilmasi salohiyatini oshirish bo’yicha taklifar” mavzusida Savdo sanoat palatasi vakilining ma’ruzalari tinglandi.

     Kunning ikkinchi yarmida Halqaro tashkilotlarning qo’ydagi vakillari o’z hisobotlari bilan chiqish qildilar: “GLOBALG.A.P Standarti- raqobatbardoshlikni oshirish va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xalqaro bozorlarga chiqishini engillashtirish uchun standarti joriy etish afzalliklari” mavzusi bo’yicha GLOBAL G.A.P vitse-prezidenti va marketing bo’yicha direktori Flavio Alzueta; “Xalqaro bozorlarga chiqish shartlari va onlaayn resurs Market Access Map” mavzusi bo’yicha Halqaro savdo markazi barqaror rivojlanish standartlari bo’yicha mutaxassi Regina Taymasova va marketolog Dmitriy Knyagin; “Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqidagi mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish” mavzusi bo’yicha Halqaro moliya korporatsiyasi maslahatchisi Bulavina Elena Romanovna, “SMIIC standartlarga asoslangan “Xalol” sertifikatlashtirish qoidalari” mavzusi bo’yicha Xalol standarti bo’yicha halqaro maslahatchi D-r Umer Karakoch (TSE); “Organik mahsulotlarning asosiy bozori va O’zbekistonnig eksport saloxiyatini baholash” mavzusi bo’yicha D-r Uygun Aksoy organik qishloq ho’jaligi bo’yicha maslahatchi; “O’zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlarini Evropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga etkazib berishni kengaytirish istiqbollari” mavzusi bo’yicha “Musmaju Darzeni KS” meva va sabzavot kompaniyasi boshqaruv raisi Edita Strazdina; “Farg’ona vodiysi uchun EEKOON DDP-15 standarti” mavzusi bo’yicha Hilfswerk Austria International vakolathona rahbari Umed Aslanov; “Rivojlangan davlatlaring qonunchilik bazasini GMO bo’yicha tahlili, eksport muammolari va ularni hal qilish istiqbollari” mavzusi bo’yicha OOO Hayot Tecnology ilmiy konsultant Muxamedov Rustam Sultanovich ma’ruzalari tinglandi. Halqaro tashkilotlarning vakillari hisobotlari anjuman qatnashchilari orasida katta qiziqish o’yg’oti va savol javoblarga boy bo’ldi. Anjumanning yakunida birinchi kun natijalari bo’yicha suhbat va savol-javoblar bo’lib o’tdi. (anjuman dasturi 2 ilovada keltirilgan.

         29 mart kuni anjumanning sohalar bo’yicha alohida sektsiya yig’ilishlari o’tkazildi, jumladan: 1 sektsiya. Global G.A.P. standartining O’zbekistonda tadbiq etish istiqbollari. 2 sektsiya. “Halol” sertifikatlashtirish qoidalari. 3 sektsiya. Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish.(ishtirokchilar ro’yxati “ilova 3”da ko’rsatilgan.) Har bir sektsiyada 50 ortiq ishtirokchilar qatnashdilar va halqaro ekspertlar bilan mahsulotlarning ekspert qilish buyicha amaliyotda uchrayotgan muammolar, standartlarni joriy qilish afzalliklari va sertifikatlashtirish massalalari bo’yicha savol javob orqali fikr almashishdi.

         29 mart kundagi anjuman yarim kunga mo’ljallanganligiga qarmasdan, tushdan keyinham sektsiyalarda ishtirokchilar bilan suhbat davom etdi. Anjumanning yakunida ishtirokchilar bilan estalik uchun rasmga tushilib, mehmonlarga tantanali ravishda sovg’alar berildi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech