04.04.2019 0

Moldova Respublikasi bilan xalqaro aloqalar mustahkamlanmoqda

Har bir sohada bo‘lgani singari standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli islohotlar, jumladan xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda samarali faoliyat olib borayotgan xorijiy tashkilotlar bilan ikki tomonlama tajriba almashish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jumladan, yaqinda Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Moldova Respublikasining  Standartlashtirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik borasida xalqaro Memorandum imzolandi.

Ushbu Memorandumga binoan, har ikkala tomon o‘rtasida standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va yangicha islohotlarni amalga oshirish sohasida o‘zaro axborot va tajriba  almashishni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.

Shu bilan birga, o‘zaro axborot va tajriba almashish doirasiga milliy, hududiy va xalqaro darajadagi standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda mahsulotlar, xizmatlar va boshqaruvni sertifikatlashtirish borasida ikki tomonlama kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari ham qamrab olingan.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech