04.04.2019 0

Mebel mahsulotlarining xavfsizligi uchun texnik reglament ishlab chiqilmoqda

“O‘zstandart” agentligining “Mebel mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentning ishlab chiqilishi bo‘yicha ekspert kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Tasdiqlangan ekspert kengashi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu borada xukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ xuquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Mebel mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishdan ko‘zlangan eng asosiy maqsad mebel mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash va Respublikamizga chetdan kirib kelayotgan xavfli bo‘lgan mebel mahsulotlaridan ichki bozorni himoyalash, shu bilan birgalikda xalqaro me’yorlarni milliy me’yorlarga uyg‘unlashtirgan holda eksport salohiyatini oshirishni ta’minlash haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek yig‘ilishda, umumiy texnik reglamentni ishlab chiqish bo‘yicha  ekspert kengash a’zolari o‘z fikr va mulohazalarini ham bayon etishdi.

Xususan, ekspert komissiyasi mas’ul kotibi Yo.Yoqubxo‘jayev Bojxona ittifoqiga a’zo davlatlarning amaldagi texnik reglamentga amal qilishini, hamda komissiya a’zolariga mazkur texnik reglament asosida ish yuritish taklifini kiritdi.

“Woodman Group” mchj muxandisi V.P.Kim - hozirgi kunda davlatlararo GOST asosida  ishlab chiqarilayotgan mebel mahsulotlariga berilayotgan muvofiqlik sertifikatlari Qozog‘iston Respublikasida tan olinishini ta’kidlab o‘tib, texnik reglament asosida ishlab chiqilgan mebel mahsulotlariga olingan muvofiqlik sertifikati chegaradosh davlatlarda masalan Qozog‘iston, Tojikiston davlatlarida qay tarzda tan olinishini aniqlashtirish taklifini aytdi.

Yig‘ilish so‘ngida ekspert kengashi a’zolari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqib, qabul qilinadigan “Mebel mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentga asosan Sertifikatlashtirish idoralari  tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yaqin xorij mamlakatlari tomonidan tan olinishi yuzasidan aniq ma’lumotlar berilishi hamda umumiy texnik reglament loyihasi vazirlik va idoralarga kelishish uchun taqdim etilishi ta’kidlab o‘tildi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech