10.05.2019 0

Malaka oshirish kurslari qizg‘in davom etmoqda

Standartlar institutida joriy yilning 29 aprelidan 18 may sanasiga qadar davom etadigan malaka oshirish kurslari "Elektrotexnika mahsulotlari, metallurgiya va mashinasozlik, qurilish mahsulotlari, oziq-ovqat va qishloq ho‘jaligi mahsulotlari, kimyoviy mahsulotlar, farmatsevtika mahsulotlari, yengil sanoat mahsulotlari va mebel o‘yinchoqlarini sertifikatlashtirish va inspektsiya nazoratini o‘tkazish" yo‘nalishlarida qizg‘in davom etmoqda.
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlari xodimlari guruhlarga bo‘linib, olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida sertifikatlashtirish organlarini tashkillashtirib, ISO 9001 va ISO 17065 talablarini keng joriy qilish orqali faoliyatlarini olib bormoqda. Shuningdek, Muvofiqlikni baholash ilmiy-tadqiqot bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 6 maydan 10 may kuniga kadar Sho‘rtangaz kimyo majmuasidagi laboratoriya xodimlariga ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standart talablari mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech