10.09.2019 0

Yangi hamkorlik aloqalari

Uchrashuv "O‘zstandart" Agentligi tarkibidagi tashkilot va korxonalarda standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar, mutaxassislar, ilmiy xodimlar malakasini oshirishni sifatli tashkil etishga bag‘ishlandi.
Uchrashuv kun tartibi Standartlar instituti tomonidan tashkillashtirilayotgan o‘quv kurslariga Turkiyaning malakali auditor-ekspertlarini jalb etishning tashkiliy -huquqiy tomonlarini muhokama qilishdan boshlandi.
Ushbu kurslarda sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, ayniqsa, xalqaro standartlarni amaliyotga joriy qilishning ilmiy-amaliy uslublari o‘qitiladi. Joriy yilda va yangi yilning dastlabki olti oyida jami 6 ta xalqaro o‘quv seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan memarandum imzolashga kelishib olindi.

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech