12.02.2019 0

Ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash

“O‘zstandart” agentligining 2019 yil 17 yanvardagi apparat majlisi 2-son bayonining 5-bandini bajarilishini ta’minlash maqsadida,  joriy yilning 6 fevralidan 8 fevrali kunlari Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot  institutining malaka oshirish markazi tomonidan “Ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash”  o‘quv kursi tashkillashtirildi. Ushbu o‘quv kursida “O‘zstandart” agentligining tizim tashkilotlaridan 23 ta mutaxassislar ishtirok etishdi.

O‘quv kursida“O‘zbekiston Respublikasidavlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29-martdagi 140-sonli qarori, Oʿz DSt 1157 standarti bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi «Jizmoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» gi  445-sonli qonuni,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli "Ishlash tarkibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori bo‘yicha ma’ruzalar olib borildi.

Ushbu o‘quv kursida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining Elektron arxivlar va xujjatlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i Aliyev Anvarjon Arifdjonovich, “O‘zstandart” agentltgi mutaxassisi Dodoyev Alisher Roziqovichlar ma’ruza olib borishdi.

Kurs yakunida tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda guvohnoma taqdim qilindi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech