18.05.2020 0

Alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida texnik qo‘mita o‘z faoliyatini boshladi

Tibbiyot va farmatsevtika sohalarini etil spirtisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa hozirgi global pandemiya davrida buni yaqqol tasavvur qilish mumkin. Shuningdek, bir qator kimyo sanoati sohalarida etil spirti  asosiy xom ashyo sifatida qo‘llaniladi.
Yurtimizda iste’mol va texnik etil spirtini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining sifatini oshirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Buning dalili sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi 4162-sonli Farmoni qabul qilinib, uning ijrosi yuzasidan sohada standartlashtirish bo‘yicha qator amaliy ishlarga qo‘l urildi.
Xususan, Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi qoshida STQ-5 “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari” standartlashtirish Texnik qo‘mitasi tashkil etildi. Texnik qo‘mitaga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zstandart” agentligi va bir qator yirik ishlab chiqaruvchilar a’zo sifatida kiritildi.
Texnik qo‘mita sohadagi mavjud holatdan kelib chiqib ish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, joriy yilda sohaga tegishli ma’nan eskirgan standartlarni qayta ko‘rib chiqish va 10 dan ortiq xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan davlat standartlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

                                                                                                      Standartlashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech