01.03.2019 0

Bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi - kelajak xavfsizligidir

“Bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentning ishlab chiqilishi bo‘yicha ekspert kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 SMSITI ning kichik majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda Maktabgacha ta’lim vazirligi, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi,   “O‘zbek - Turk test markazi” qo‘shma korxonasi, Toshkent kimyo texnologiya instituti, «Respublika  SSM» davlat korxonasi, “Dream - Liner”, “Toys city”, “Asian Toys trade” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari korxonalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil

12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli qarori 4-bandi,

2-ilovasi 2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2018 yil 25 dekabrdagi 2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosini ta’minlash hamda “O‘zstandart” agentligining 2019 yil 21 fevraldagi 24 - sonli buyrug‘i mazmun  mohiyatini  ekspert kengashi a’zolariga batafsil tanishtirishdi.

 “Bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishdan maqsad Respublikamizga chetdan kirib kelayotgan xavfli bo‘lgan mahsulotlardan ichki bozorni himoyalash shu qatorda  xalqaro me’yorlarni milliy me’yorlarga uyg‘unlashtirgan holda eksport salohiyatini oshirishni ta’minlashi xaqida to‘xtalib o‘tildi.

  Yig‘ilish yakunida ekspert kengash ishi bo‘yicha har bir soxa vakillariga umumiy texnik reglament loyihasini ishlab chiqish maqsadida aniq topshiriqlar berildi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech