09.03.2020 0

Bayram shukuhi


Nafosat va go‘zallik bayrami 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Standartlar institutida ham tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu bayramda institutda faoliyat yuritayotgan mo‘’tabar ayollar rahbariyat va jamoa tomonidan qizg‘in va samimiy qutlandilar.
 Standartlar instituti direktori Azizbek Hamdamov xotin-qizlarni qutlab, iliq tilaklar bildirdi. Jamoada faoliyat yuritayotgan erkaklar nomidan Nodir Mahmudov va Sunnatilla Saidovlar  xotin-qizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tiladilar. Muhtaram ayollar uchun bayram sovg‘alari ulashildi. Bayramona to‘kin dasturxon  tuzalib, yangragan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga o‘zgacha bayramona shukuh baxsh etdi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech