20.03.2020 0

Aziz vatandoshlar!

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl - Navro‘zi olam kirib kelmoqda.
Ana shu ulug‘ ayyom - sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz. Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.
Navro‘zi olam Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayramdir. Biz mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik hukmron bo‘lishini, yurtimizdan fayzu barokot, hamjihatlik, yurtdoshlarimiz qalbidan hotirjamlik,mehr-oqibat, diyonat  arimasligini istab qolamiz. Ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech