24.10.2018 0

Anons

Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturiga asosan “O'zstandart” agentligining Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI) Malaka oshirish markazi “2019 yilda SMSITIda tashkilotlar va korxonalar rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish Reja-jadvali”ga muvofiq o'qishlar tashkil qilmoqda.

Kadrlar malakasini oshirish mutaxassislarning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditlash va menejment tizimlari sohasidagi kasbiy bilimlari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.

Barcha o'quv kurslari bo'yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari SMSITI tomonidan amaldagi hamda yangi qabul qilingan qonunchilik va normativ xujjatlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o'quv dasturlari asosida yuqori malakali professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech