09.10.2018 0

Andijonda halqaro ilmiy-amaliy anjuman bơlib ơtdi

 Andijon Mashinasozlik instituti tashabbusi bilan “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo resurs tejamkorligini oshirish muammolari” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi. Anjuman Andijon viloyat hokimligi, “GM-Uzbekistan” AJ, Toshkent Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda O'zbekiston Shveytsariyasi deya ta'rif beriladigan Andijon viloyatining Xonobod shaxrida bo'lib o'tdi.

 Halqaro ilmiy amaliy anjumanda Respublikamizda ko'zga ko'ringan taniqli Akademik va professor-o'qituvchilar, Rossiya, Qozog'iston, Kirg'iziston, Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi bir qator davlatlarning taniqli olimlari, doktorantlar, ilmiy-tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. Anjumanni Andijon viloyat hokimi o'rinbosari Serobiddin Ismoilov ochib berar ekan, bugun yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar, ijobiy natijalar, ilm-fan sohasidagi innovatsion yangiliklar, buni natijasida erishilayotgan yutuqlar to'g'risida gapirib o'tdi.

Shuningdek, o'tkazilayotgan halqaro ilmiy amaliy anjuman ham ilm-fan taraqqiyotiga o'z xissasini qo'shishini hamda mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi va yuksalishida muhim omil bo'lib xizmat qilishini ta'kidladi. Anjumanda Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R.Salomov ham so'z olib, institutda ta'lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari, ayniqsa, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.

Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Janubiy Koreyaning Tegu universitetlari bilan qo'shma ta'lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish keli-shuviga asosan 2+2 modeli asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash yo'lga qo'yilganligiga alohida to'xtalib o'tdi. Anjuman “Zamonaviy ishlab chiqarishning texnologiyalari”, “Zamonaviy ishlab chiqarishda muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbaalari”, “Hayotiy faoliyat xavfsizligi”, “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” va “Servis xizmatlari” kabi ilmiy yo'nalishlarda o'z ishini davom ettirdi.

Anjuman davomida “Nanotizimlardagi kvant dinamikasining tezlanishi”, “Ultramaydadonsimon materiallar olishning istiqbolli yo'nalishlari”, “Xalqaro ta'lim loyixalarini rivojlantirish strategiyasi”, “O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining xozirgi xolati va rivojlanish istiqbollari” va “Xalqaro birliklar sistemasining barqaror rivojlanishi”kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar tinglandi va o'zaro fikr almashinildi. Anjuman davomida Akademik S.Zaynobiddinov, professorlar R.X.Saidaxmedov, O.Sh.Xakimov, X.N.Zayniddinov, Yaponiyaning “Osaka City”Uniersiteti professori Katsuxiro Nakamura va Janubiy Koreyaning Tegu Universiteti professori Dujing Songlarning fan va texnika taraqqiyoti yo'lidagi bir qator ilmiy maqolalari ham eshitildi.

Taniqli olimlarning anjumanga tashrif buyurishi hamda ularning maslahat va ko'rsatmalari ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarga katta foyda bo'ldi deyish mumkin. Shuningdek, anjumanda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi echimini kutayotgan muammolar, innovatsion texnologiyalar, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan samarali foydalanish, xayotiy faoliyat xavfsizligi kabi masalalar yuzasidan o'zaro baxs munoazara ham bo'lib o'tdi. Halqaro ilmiy-amaliy anjuman yakunida uni tashkil etishda faollik ko'rsatgan bir qator professor-o'qituvchilar va mexmonlarga estalik sovg'alari topshirildi.

 VASIYEV Xayrullo - Andijon mashinasozlik instituti, matbuot va axborot xizmati mutaxassisi

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech