13.05.2019 0

E’LON!

Respublika va hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

“O‘zstandart” Agentligi rahbariyatining topshirig‘iga muvofiq Standartlar instituti tomonidan joriy yilning 01 - 06 iyul kunlari institutning Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida quyidagi:
• ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimlari. Talablar (2 kun);
• ISO 22000:2017 Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlari (2 kun);
• ISO/IEC 17025:2017 Sinash va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentliligini baholash (2 kun)
xalqaro standartlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkillashtirilmoqda.
Mashg‘ulotlar Turk standartlari institutining xalqaro auditori Serhat Janbolat tomonidan olib boriladi.
Har bir xalqaro standart bo‘yicha o‘quv kursining narxi - bir tinglovchi uchun 2 100 000 (ikki million bir yuz ming) so‘m.
O‘quv kursini tamomlagan tinglovchilarga xalqaro namunadagi sertifikat berilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur o‘quv kursida ishtirok etuvchi xodimlaringiz haqidagi ma’lumotni joriy yilning 21-may kuniga qadar cpk_niisms@mail.ru, spk-niisms@exat.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Shartnomani rasmiylashtirish va Sizni qiziqtirgan boshqa zarur ma’lumotlarni olish bo‘yicha (71)253-80-81 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech