25.03.2020 0

Zaruriy choralar ko‘rilmoqda

Bugungi kunda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, ya’ni karantin davrida Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qator zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.
Korantin davrida Institut xududiga tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibi majburiy joriy etildi;
Turli infeksiyalar bilan zararlanishlarni oldini olish maqsadida antiseptik vositalar xarid qilindi;
Korantin davrida Institut ma’muriy binosini dezenfektsiya qilish maqsadida Yakkasaroy dezinfektsiya stantsiyasi bilan shartnoma rasmiylashtirildi hamda mazkur shartnoma asosida (haftada bir marotaba) tegishli ishlar amalga oshirilmoqda;
Korantin davrida Institut xududida mehnat faoliyatini korxonada turib davom ettirishga 35 nafar xodim jalb qilindi. 70 nafar xodim masofaviy mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) ishlash rejimiga o‘tkazildi. 8 nafar xodim navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqarildi.
 
Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech