17.03.2020 0

Yangi standartlar ishlab chiqilmoqda


Standartlar instituti hamda Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik talablariga rioya qilishini ta’minlash Departamenti tomonidan tashkilotning standartlari o‘rniga qator davlat standartlar ishlab chiqilmoqda.
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik talablariga rioya qilishini ta’minlash Departamenti tomonidan bugungi kunga qadar bir turdagi mahsulotlarga yagona davlat talablarini belgilovchi va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan  10 ta davlat standartlari ishlab chiqildi. 279 ta tashkilotning standartlari (Ts) o‘rniga qabul qilingan 10 ta yagona davlat standartlari ro‘yxati quyidagilardan iborat:
1. Oʻz DSt ___:2019  “Tabiiy dastmolqovoq asosidagi mahsulotlar”  (2 ta Ts o‘rniga);
2. Oʻz DSt ___:2019  “Bir martalik gigiyenik momiq tayoqchalar” (7 ta Ts o‘rniga);
3. Oʻz DSt ___:2019  “Makkajo‘xori qalamchalari” (24 ta Ts o‘rniga);
4. Oʻz DSt ___:2019   “Polimer shlanglar” (26 ta Ts o‘rniga);
5. Oʻz DSt ___:2019   “Kosmetik glitserin” (21 ta Ts o‘rniga);
6. Oʻz DSt ___:2019   “Oqartiruvchi vosita” (36 ta Ts o‘rniga);
7. Oʻz DSt ___:2019   “Xavo xushbo‘ylagichi” (17 ta Ts o‘rniga);
8. Oʻz DSt ___:2019   “Polimer preformalar (kapsulalar)” (41 ta Ts o‘rniga);
9. Oʻz DSt ___:2019   “Oyna yuvish uchun vosita” (90 ta Ts o‘rniga);
10.  Oʻz DSt ___:2019   “Torf asosli guminli suyuq o‘g‘itlar” (15ta Ts o‘rniga).
Shu qatorda Standartlar instituti tomonidan tashkilotning standartlari o‘rniga ishlab chiqilgan davlat standartlari quyidagilar:
• O’z DSt 3396:2019 Idish-tovoq yuvish uchun vosita. Texnikaviy shartlar -   Amaldagi 92 ta tashkilot standarti o‘rniga;
• O’z DSt 3397:2019 Qovurilgan pistalar, yong‘oqlar va no‘xat. Texnikaviy shartlar - 145 ta tashkilot standarti o‘rniga;
• O’z DSt 3398:2019 Sanitariya-gigiyenik maqsadlar uchun mo‘ljallangan qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari. Texnikaviy shartlar  -  88 ta tashkilot standarti o‘rniga;
• O’z DSt 3399:2019 Qurtlar. Texnikaviy shartlar - 92 ta tashkilot standarti o‘rniga;
• O’z DSt 3400:2019 Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar - 112 ta tashkilot standarti o‘rniga;
Jami: 529 ta tashkilotning standartlari o‘rniga 5 ta davlat standarti ishlab chiqilgan.
O’z DSt Davlat standartlari O‘zbekiston Respublikasida shu mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonalarga yagona talablarni belgilaydi. Qat’iy talablar asosidagi sifatli mahsulotlarning ishlab chiqarilishi esa mamlakatimizda mahsulotlarning eksport hajmini ortishiga xizmat qiladi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech