21.05.2020 0

Yagona talablar asosida

Hozirgi kunda Standartlar instituti tomonidan bir turdagi mahsulotlarga yagona davlat talablarini belgilovchi va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan davlat standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, COVID-19 pandimiyasi kun tartibidagi dolzarb muammoga aylanganligi hamda tibbiy va profilaktik maqsadlardagi mahsulotlarga talab ortganligini inobatga olib, O‘zDSt 3468:2020 “Bir martalik baxilalar va qalpoqchalar. Texnikaviy shartlar” hamda O‘zDSt 3469:2020 “Isiriq. Texnikaviy shartlar” standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.
Ushbu standartlarning amalga kiritilishi natijasida, avval mavjud bo‘lgan qator tashkilot standartlari o‘rniga yagona talablar joriy etiladi va bu bilan aynan o‘xshash standartlarning takrorlanishiga chek qo‘yiladi. O‘z navbatida, mazkur standartlar tadbirkorlik sub'yektlari uchun o‘z mahsulotlarining xalqaro standartlar darajasida  raqobatbardoshligini oshishiga ko‘mak beradi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech