29.06.2020 0

Xalqaro hamkorlik aloqalari

2020 yilning 29 iyun - 1 iyul kunlari Standartlar instituti tomonidan Belarus Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Davlat instituti (BGIPK) bilan hamkorlikda “Sinov laboratoriyalarining texnik kompetentligiga GOST ISO/IEC 17025-2019 bo‘yicha qo‘yiladigan umumiy talablar” mavzusida 3 kunlik onlayn o‘qish (trening-vebinar) tashkil etilmoqda.
O‘qish davomida ISO/IEC 17025 xalqaro standartning yangi versiyasiga o‘tish bo‘yicha Belarus tajribasi asosida laboratoriyada o‘lchashlarning metrologik kuzatuvchanligini namoyish qilish, sinov usullarini verifikatlash va validatlash, verifikatsiya va validatsiya bo‘yicha yozuvlarni rasmiylashtirish, sinov laboratoriyalarida o‘lchashlar noaniqligini baholash, sinov natijalarining sifatini ta’minlash va boshqa masalalar muhokama qilinadi.  

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech