30.10.2019 0

Xalqaro darajadagi o‘quv malaka kurslari

Bugungi kunda ISO 17025 kalibrovka laboratoriyalariga umumiy talablar standartini amaliyotga joriy qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ammo standart me’yorlarida ko‘rsatilgan noaniqliklarni o‘lchash, validatsiya va verifikatsiya uslublari hamda laboratoriya risk boshqaruvi tizimi kunikmalariga barcha mutaxasssislar ham ega emas.
Shu kabi ehtiyojlarni hisobga olgan holda Standartlar institutida ISO 17025 xalqaro standartini amalaiyotga joriy qilish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu o‘quv kursini sohada katta tajribaga ega bo‘lgan turkiyalik xalqaro mutaxassis Serxat Jonpo‘lat olib bordi. O‘quv kursida 30 dan ortiq kalibrovka laboratoriyalari mutaxassislari malaka oshirmoqda.

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech