11.03.2020 0

Talabalar o‘rtasida tanlov

Standartlar institutida “O‘zstandart” agentligining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq,  xorijiy mamlakatlarning eng ilg‘or ilmiy-sinov laboratoriyalarida amaliyot o‘tashga yuborish uchun oliy ta’lim muassasalarida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 3-4 bosqich talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Tanlovda turli viloyatlarimizdagi oliy ta’lim muassasalarida bilim olayotgan talabalar ham ishtirok etdilar.
Ushbu tanlov belgilangan nizom talablari asosida o‘tkazilib, unda quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1. Toshkent Irrigatsiya instituti 3-kurs talabasi Javohir Niyozov;
2. Toshkent Davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi Aziza Sayriddinova;
3. Jizzax politexnika instituti 4-kurs talabasi Uchqun Rashidov;   
4. Andijon mashinasozlik instituti 4 kurs talabasi - Elyor Boqiyev.
Bu kabi tanlovlar  kelgusida ham institut tomonidan tashkil etilishi rejalashtirildi.
 
Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech