03.10.2019 0

Standartlar instituti 50 yoshda!

Mamlakatni modernizatsiyalash, texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri standartlashtirish sohasi bo‘lsa, bugungi kunda o‘zining 50 yillik yubileyini nishonlayotgan Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (Standartlar instituti) ana shu jarayonlarning faol ishtirokchilaridan biri sanaladi.
Bugun institutda ushbu sana munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirga tashkilotda qator yillar mehnat qilgan faxriy mehmonlar, hamkorlikda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar, “O‘zstandart” agentligi rahbariyat, institut xodimlari hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.
Tadbirda so‘z olgan mehmonlar, institutning kechagi va bugungi faoliyati, olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, “ushbu kechgan 50 yillik fursatda erishilgan muvaffaqiyatlar, institut xodimlari uchun 50 yillik mashaqqatli mehnat, o‘z ishiga fidokorona yondoshuv, milliy mahsulotlarimizni xalqaro me’yorlar darajasiga olib chiqish yo‘lidagi tinimsiz izlanishlar samarasi” ekanligini ta’kidladilar.
Hurmatli Standartlar instituti xodimlari! Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasi milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishlardan biridir. Sizlarning mana shunday mas’uliyatli va fidokorona faoliyatingizda yanada kuch-qudrat, shijoat tilab qolamiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech