03.03.2020 0

Seminar tashkil etildi

Respublikamizda qabul qilingan O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablar” xalqaro standartini joriy qilishda sinov va kalibrlash laboratoriyalari mutaxassislari uchun Standartlar institutida “Laboratoriyalarda metrologik kuzatuvchanlik” mavzusidagi seminar o‘tkazildi.
Seminarda turli xil mahsulotlarni sinashda ishtirok etadigan, xususan, oziq-ovqat, elektrotexnika, ekologiya sohasidagi laboratoriyalar mutaxassislari uchun dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar berilib, ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu seminar muvofiqlik sohasida faoliyat yurituvchi xususiy (nodavlat) tadbirkorlik sub'yektlari tashabbusi bilan tashkillashtirilgan bo‘lib, Standartlar instituti ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, seminarga mezbonlik qildi.   
 
Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech