06.09.2019 0

Metrologiya va laboratoriyalararo solishtirish sinovlari bo‘yicha ilmiy-texnik komissiya xuzuridagi Ishchi guruhning navbatdagi 10-chi yig‘ilishida institutimiz vakillarining ishtiroki

Joriy yilning 27 avgustidan 28 avgust kunlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengashining (MGS) 55-chi yig‘ilish qaroriga muvofiq Metrologiya va laboratoriyalararo solishtirish sinovlari bo‘yicha ilmiy-texnik komissiya huzuridagi Ishchi guruhning (keyingi o‘rinda - RG MSI NTKMetr) navbatdagi 10-chi yig‘ilishi Minsk shahrida bo‘lib o‘tdi.

RG MSI NTKMetrning ushbu yig‘ilishida   Standartlar instituti xodimlari mutaxassis  G‘ayrat  Ahmedov va  Jovdot Ahmedovlar ishtirok etishdi.

RG MSI NTKMetr yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

- MGS qarorlari, NTKMetr va RG MSI NTKMetr tavsiyalarining bajarilishi;

- Kelishuv ishtirokchi-davlatlarida laboratoriyalararo solishtirish sinovlari (laboratoriyalararo solishtirish) orqali laboratoriyalar layoqatliligini tekshirish sohasida milliy organlar tomonidan 2018-2019 yy. amalga oshirilgan (amalga oshirilayotgan) ishlar to‘g‘risida (ish tajribasi, axborotli materiallar almashish);

- Kelishuv ishtirokchi-davlatlarida provayderlarni e’tirof etish (ish tajribasi, axborotli materiallar almashish) va boshqa davlatlarning provayderlari tomonidan o‘tkazilgan LSS natijalarini e’tirof etish bo‘yicha ishlar;

- tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi  laboratoriyalararo solishtirish sinovlari; 

sinov laboratoriyalarining layoqatliligini tekshirish masalasida yangi kiritilgan ISO 13528:2015 standarti;

- LSS tashkil qilish va o‘tkazishda, va muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarni tayinlaganda mamlakatlarda foydalaniladigan me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida;

- laboratoriyalararo solishtirish sinovlari uchun namunalar yaratish muaamolari;

- FGUP «UNIIM» saytida tashkil etilgan MDH hududida laboratorilar layoqatliligini tekshirish faoliyati to‘g‘risidagi bo‘limining axborot bilan to‘ldirilishi;

- 2018-2019 yillarda davlatlararo LSS o‘tkazish va ularni 2020 yilda rejalashtirish to‘g‘risida;

- RG MSI NTKMetr tarkibini aktuallashtirish;

- navbatdagi NTKMetr yig‘ilishining kun tartibiga takliflar kiritish.

        Yig‘ilish yakunida keyingi 11-chi RG MSI NTKMetr yig‘ilishini 2020 yil sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga  qaror qilindi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech