18.05.2020 0

Masofaviy malaka oshirish kurslari

 Yurtimizda koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyat Standartlar instituti faoliyatini ham zamonaviy talablar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etishni taqozo etdi. Institutning Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan respublikamizning qator tashkilot va korxonalari murojaatlari asosida masofaviy malaka oshirish kurslari samarali tashkil etildi.
          Axborot-texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmaga ega malakali o‘qituvchilar shaklllantirilib, masofaviy ta’lim rejasi va dasturlari ishlab chiqildi. Tinglovchilarga qulaylik yaratish maqsadida masofaviy ta’lim platformasi sifatida ZOOM, Jitsi Meet va Googl meet hamda ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanildi.
         Birgina “Sinash va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligini O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti asosida baholash”  yo‘nalishi bo‘yicha Olmaliq TMK, “Navoiyazot” AJ, “Farg‘ona azot”AJ kabi bir qator yirik korxonalarning mahsulot sifatini nazorat qiluvchi laboratoriyalaridan  52 nafar mutaxassis onlayn masofaviy kursda malaka oshirdi.
Joriy yilning may oyida tashkilotlardan kelgan murojaatlarni inobatga olgan holda oltita yo‘nalishda 7 ta masofaviy ta’lim kurslari tashkil etilib, bu kurslarda jami 175 nafar tinglovchi malaka oshirdi. 
        Ayni vaqtda Standartlar instituti tomonidan ishlab chiqarish korxonalari murojaatlariga asosan, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, kimyo sanoati va qurilish sanoati mahsulotlarini sinash yo‘nalishlari bo‘yicha ham masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech