16.10.2020 0

Malaka oshirish kurslari - soha rivojining poydevori

 Bugungi pandemiya bilan bog‘liq murakkab sharoitlarda ham Standartlar institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
        Xususan, joriy yilning 28 sentyabr -23 oktyabr kunlari “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash”, “Qurilish mahsulotlarini sinash”, “Engil sanoat mahsulotlari, mebel va o‘yinchoqlarni sinash”, “Mashinasozlik va metallurgiya mahsulotlari sinash”, “Elektrotexnika mahsulotlarini sinash”, “Avtotransport vositalarini va qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash”, “Kimyo sanoati mahsulotlarini sinash”, “Neft gaz sanoati mahsulotlarini sinash”, “Ichimlik va oqova suvlarini sinash”, “Avtotransport vositalarini va qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash” yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy onlayn tarzda malaka oshirish kurslari tashkil qilindi.
     Mutaxassislar o‘z sohalari bo‘yicha keng ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalishda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar bilan ham batafsil tanishtirilib borilmoqda.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech