03.02.2020 0

“ISO 50001 Energetika menejment tizimlari”, “ISO 45001 Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimlari” standartlari bo‘yicha o‘quv kursi

Bugungi kunda respublikamizda barcha sohalar qatorida, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashga va aholi farovonlik darajasini oshirishga, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, ko‘mir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Shu sabab, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bu yo‘nalishda Standartlar institutida ham qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2020 yilning 10-13 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4422-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Turk standartlar instituti bilan hamkorlikda barcha korxona va tashkilotlardagi soha mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv kursi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu o‘quv kursida:
1. ISO 50001 Energetika menejment tizimlari;
2. ISO 45001 Sog‘liqni  saqlash    va   mehnat   xavfsizligi   menejment   tizimlari  yo‘nalishlari bo‘yicha dars soatlari o‘tiladi.
       O‘quv kursini Turk standartlar instituti xalqaro toifadagi ekspert auditori Nixat Ko‘luk olib boradi.
Shu o‘rinda, yuqorida keltirilgan, “ISO 50001 Energetika menejment tizimlari” hamda  “ISO 45001 Sog‘liqni  saqlash    va   mehnat   xavfsizligi   menejment   tizimlari”  standartlari  nima va uning tatbiq etilishi iqtisodiyotimiz rivoji uchun qanday ahamiyatga ega, degan savollarga to‘xtalib o‘tsak.
        “ISO 50001 Energetika menejment tizimlari” xalqaro standartidan ko‘zlangan asosiy maqsad - tashkilotga energetika xususiyatlarini, shu jumladan energetika samaradorligi, energiyadan foydalanish va energiya iste’moli samaradorligi uchun zarur tizimlar va jarayonlarni yaratish imkonini berish. Mazkur standart tashkilotning energetika menejmenti tizimiga (EMT) nisbatan aniq talablar belgilaydi. EMTning muvaffaqiyatli tadbiq qilinishi energetika xususiyatlarini yaxshilashga bo‘lgan tarafdorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, tashkilotning barcha darajalaridagi, xususan yuqori boshqaruvdagi tarafdorlikka bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda bu tashkilot xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi. 
Mazkur standart tashkilot boshqaruvi ostida amalga oshirilayotgan faoliyatga nisbatan qo‘llaniladi. Uning qo‘llanilishi tashkilotning o‘ziga xos talablariga, shu jumladan tashkilot tizimi murakkabligiga, ma’lumotlarni hujjatlashtirish darajasi va mavjud resurslarga mos kelishi uchun muvofiqlashtirilishi mumkin. Ushbu standart foydalanuvchi tomonidan EMTning qo‘llanilish sohasi va chegarasidan tashqarida bo‘lgan mahsulotlardan foydalanishga nisbatan ham, energiyadan foydalanuvchi binolar, inshootlar, tizimlar yoki jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lmagan loyihalashtirishga nisbatan ham qo‘llanilmaydi. Ushbu standart EMTning qo‘llanilish sohasi va chegarasi doirasida energiyadan foydalanuvchi binolar, inshootlar, tarmoqlar, jihozlar, tizim yoki jarayonlarni loyihalashtirish va xarid qilishga nisbatan qo‘llaniladi. EMTni ishlab chiqish va joriy qilish o‘rnatilgan huquqiy va boshqa talablarga rioya qilgan (bajargan) holda tashkilotning energetika samaradorligi, energiyadan foydalanish va energiya iste’moliga doir siyosati, maqsad va vazifalari, harakatlar rejasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.  
EMT tashkilotga maqsadlarni belgilash va ularga erishish, energetika masalalarini hal qilish, energetika xususiyatlarini yaxshilash uchun zarur choralarni amalga oshirish, qolaversa uning mazkur standart talablariga muvofiqligini namoyon qilish imkonini beradi.
“ISO 45001 Mehnat xavfsizligi va sog‘liqni saqlash menejment tizimlari” xalqaro standarti milliy tizimda ishlab chiqilib, xodimlar salomatligi va xavfsizligini yaxshilash, xavf-xatarni yo‘qotish va mehnat xavfsizligi va sog‘liqni saqlash (MXvaSS) menejmenti xavflarini (jumladan, tizim kamchiliklarini) kamaytirish, MXvaSS menejmenti imkoniyatlaridan foydalanish, tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni aniqlash uchun MXvaSS menejment tizimini yaratish faoliyati bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiruvchi har qanday tashkilotga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu standart hajmi, turi va faoliyatidan qat’iy nazar har qanday tashkilotga nisbatan qo‘llaniladi. Tashkilotning faoliyat yuritadigan tarkibi va uning xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlarning talab va istaklari kabi omillarni inobatga olgan holda, tashkilotning nazorati ostida MXvaSS menejmenti xavfi uchun amal qiladi.
Mazkur standart tashkilotga MXvaSS menejment tizimi orqali salomatlik va xavfsizlikning boshqa jihatlarini, masalan, ishchi salomatligi va farovonligini ta’minlashga imkon beradi.
Ushbu standart mehnat sog‘liq va xavfsizlikni boshqarishni muntazam takomillashtirish uchun to‘liq yoki qisman ishlatilishi mumkin. Biroq, ushbu talablarga muvofiqlik to‘g‘risidagi da’volar qabul qilinmaydi, chunki uning barcha talablari tashkilotning MXvaSS menejmenti tizimiga kiritilgan va chiqarib tashlanmagan holda amalga oshiriladi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech