19.09.2019 0

Hamkorlik sari yana bir qadam

Bugun Toshkentda “Qozog‘iston - O‘zbekiston: Yog‘-moy sanoati” xalqaro konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda yog‘-moy sanoati sohasini hamkorlikda rivojlantirish, xom ashyolarini qayta ishlash va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yagona kompleks sifatida yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlandi.
Shuningdek zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqqa keng joriy qilish, tarmoqni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, shu bilan birga sohadagi ikkitomonlama huquq va manfaatlarning himoya qilinishini ta’minlashga bag‘ishlandi.
Tabdirda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yog‘-moy kombinatlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga xalqaro standartlarni joriy qilish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Ushbu anjumanda Standartlar institutidan Muvofiqlikni baholash ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Sunnatilla Saidov ishtirok etdi.

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech