09.08.2019 0

Hamkorlik faoliyati davom etadi

“O‘zstandart” Agentligi rahbariyati tashabbusi bilan Standartlar instituti hamda Respublika sinov-sertifikatlashtirish markazi hamkorligida videoselektor tashkil etildi. Unda Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi mavzusida masofaviy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shunisi ahamiyatliki, hozirgi kunga qadar jami 1897 ta (shulardan, 1173 tasi xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan) me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga kiritilgan hamda 1001 ta me’yoriy hujjat bekor qilingan.

Me’yoriy hujjatlar davlat fondida hozirgi kunda 38720 ta hujjat mavjud bo‘lib shulardan:
- Davlatlararo standartlar 18105 ta
- Davlat standartlari 5050 ta
- Tashkilotning standartlari 9042 ta
- Uyg‘unlashgan standartlar 6523 ta.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub'yektlariga qulaylik yaratish maqsadida standartlashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni interaktiv ravishda amalga oshirish normativ hujjatlarni ishlab chiquvchi vazirlik, idora yoki tadbirkorlik sub'yektlari, yurtimizning istalgan hududidan public.standart.uz elektron manzili orqali standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun hujjat loyihalarini elektron shaklda yuborishlari, shartnoma hamda ekspertiza xulosalarini elektron ko‘rinishda olishlari uchun sharoit yaratilgan. Bu esa ortiqcha ovoragarchiliksiz, ya’ni, viloyatdan Standartlar institutiga tashrif buyurmasdan standartlar loyihalari ekspertizasiga doir murojaatlarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech