07.02.2020 0

“Halol” standarti bo‘yicha xalqaro anjuman

Yaqinda Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida Islom davlatlari standartlari tashkiloti va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan “7 Meeting of the SMIIS Metrologi Consul” deb nomlangan  xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
 Ushbu tadbir Turkiya texnik tadqiqotlar kengashi qoshidagi Turkiya milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan tashkil etildi.
Mazkur anjuman davomida “Halol” standarti, uning talablariga rioya qilish, sinovlarni o‘tkazish sohasidagi metrologik kuzauvchanlikni ta’minlash yuzasidan qator dolzarb mavzudagi ma’ruzalar tinglandi.
O‘tkazilgan xalqaro anjumanda mamlakatimiz nomidan vakil bo‘lib Standartlar instituti bo‘lim boshlig‘i A. Samijonov hamda poytaxtimizdagi Turk test markazi rahbari M. Xamzayevlar ishtirok etdi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech