05.02.2020 0

Germaniyalik hamkorlar bilan uchrashuv

Standartlar institutida Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) kӯmagida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qo‘shilgan qiymatni oshirish” loyihasi doirasida ekspertlar guruhi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi vakillari hamda “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.
 Ushbu tadbirda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyiha rahbari Florian Nitsenger, loyiha boshqaruvi vakili Jina Burgard, qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘yicha mutaxassis Shteffen Noleppa, BCI standarti va biologik qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Yoxan Lentslar ishtirok etdilar.
Dasturni joriy etishdan asosiy maqsad - paxtani ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror ishlab chiqarish, qayta ishlash tizimini rivojlantirish, samaradorligini oshirishdir. Shu jumladan, dastur paxta yetkazib berish zanjiri bo‘ylab strategik ittifoqlarni shakllantiradi va tadbirkor-fermerlarga paxta ishlab chiqarish tizimini takomillashtirishda yordam beruvchi sheriklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy e’tibor xalqaro barqarorlik standartlarini (BCI - “Yaxshi paxta tashabbusi”, organik paxta va boshqalar) joriy etishda yordam beruvchi paxta yetishtirish va qayta ishlash tizimlariga qaratiladi.
Uchrashuvda paxtachilik va tӯqimachilik sohalarida xalqaro standartlarni joriy qilish jarayonlari va o‘zaro samarali hamkorlik faoliyati yuzasidan suhbatlashildi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech