15.09.2020 0

E’lon

      Standartlar instituti Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan 2020 yilning 5 oktyabridan quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘quv kurslari boshlanishini ma’lum qiladi.  “Radiotexnikaviy o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash”, “Hajmni o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash”,  “Ionlashtiruvchi nurlanish va akustika parametrlarini o‘lchash asboblarini tekshirish va kalibrlash”, “Suyuqlik va gazlar miqdorini, sarfini GOST 8.586-2005 bo‘yicha o‘lchash”, “O‘lchov tizimlarining o‘lchov kanallarini attestatlash va kalibrlash”,  “Putur yetkazmasdan tekshirish va kalibrlash”;
       Shu yilning 12 oktyabridan esa “Mahsulot va xizmatlarga xalqaro talablar asosida standartlarni ishlab chiqish,  normakontrol, ekspertiza qilish va uyg‘unlashtirish”  ixtisosligi bo‘yicha;
       14 oktyabrdan “O‘z DSt ISO 9001 bo‘yicha sifat menejmenti tizimlari auditori” hamda  21 oktyabrdan “O‘z DST ISO 9001:2015 Hujjatlarni tayyorlash. Sifat menejeri va ichki audit” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari ish boshlaydi.
      Murojaatlar joriy yilning 2 oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech