13.03.2020 0

Elektrotexnika mahsulotlari uchun yangi standartlar

Standartlar institutida O’z DSt 3017:2015 - “Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligini tamg‘alashga umumiy talablar" O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining 860-sonli qaroriga muvofiq "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini to‘liq amalga oshirish uchun ishchi guruh tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
 Xususan:
1. Energetik samaradorlik sinflarini hisoblash usullarini qo‘shish qismida O’z DSt 3017:2015 tahlili;
2. Mahsulotlar ro‘yxatiga yangi kiritilgan mahsulotlar uchun energetik samaradorligini baholashning xalqaro (IEC standartlari) standartlarini inventarizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida mutaxassislar tomonidan changyutgichlarning energetik samaradorligini baholashda xalqaro tajribalarni o‘rganib, ularga asoslangan holda qayta ishlab chiqish taklifi berildi. Shuningdek, xalqaro amaliyotda maishiy changyutgichlar uchun energetik  samaradorlik indeksining yo‘qligi sababli mintaqa va bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi indeksini yaratish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud ro‘yxatga kiritilgan barcha turdagi elektrotexnika mahsulotlari uchun IEC xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish vazifasi belgilab olindi.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech