20.10.2020 0

Davlat tili - millat taqdiri

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligi, buyuk qadriyati hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu yo‘ldagi zalvorli qadamlardan biri bo‘ldi.
        Unga binoan “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21 oktyabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
         Jumladan, “O‘zstandart” agentligi tizimidagi Standartlar institutida ham davlat tilida ish yuritishni ta’minlash, hujjatlar, bayonnomalar, binoning tashqi va ichki e’lonlarining aynan davlat tilida yozilishi borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
       E’tiborlisi, oxirgi yillarda minglab xalqaro standartlarning xorijiy tillardan o‘zbek tiliga o‘girilib, davlat tilida iste’molga kiritilayotgani tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar uchun yanada keng qulayliklar yaratmoqda.
        Ta’kidlash lozim, agar o‘tgan uch yilda 1760 ta xalqaro standart tarjima qilingan bo‘lsa, joriy yilning uch oyida 2470 ta xalqaro standart tarjima qilinib, amaliyotga kiritildi. Bu yo‘nalishdagi yana qator ishlarning amalga oshirilishi dolzarb masalalar sifatida Standartlar institutining kelgusi rejalariga kiritilgan.
         2020 yilning 20 oktyabrida Standartlar institutida “Davlat tili - millat taqdiri” nomli tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “O‘zstandart” agentligi vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, Standartlar instituti rahbariyati, faol xodimlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
 
Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech