24.03.2020 0

E’LON

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarini xavotirga solayotgan COVID-19 koronavirus infektsiyasining oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan qator keskin, tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. O‘z navbatida bu pandemiyaga qarshi umummilliy kurash jarayonida qator vatandoshlarimizning, ko‘ngillilarning bahamjihat ishtirok etayotganlari tahsinga loyiq.
Standartlar instituti  ham ushbu vaziyatda aholimiz salomatligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqaruvchilarga tibbiy niqob va antiseptik mahsulotlariga tegishli bo‘lgan quyidagi standartlarni bepul berilishini e’lon qiladi.

O‘z DSt 3452-2020 Noto‘qima polotnodan tibbiyot niqobi. Texnik shartlar
O‘z DSt 3453-2020 Yuzni ximoya qiluvchi niqob. Texnik shartlar
GOST 6718-93 Suyuq xlor. Texnik shartlar
GOST 31695-2012 Kosmetik gellar. Umumiy texnik shartlar
GOST 31679-2012 Suyuq kosmetika mahsulotlari. Umumiy texnik shartlar
O‘z DSt 3021:2015 Bir marotaba qo‘llaniladigan kauchukli lateksdan yoki kauchuk asosdagi aralashmalardan tibbiyot ko‘ruv qo‘lqoplari. Texnik shartlar
O‘z DSt 3020:2015 Bir marotabalik kauchukli lateksdan steril jarrohlik qo‘lqoplari. Texnik shartlar

Ushbu standartlarni quyidagi manzil orqali bepul yuklab olishingiz mumkin: http://smsiti.uz/uz/menu/normativ-huquqiy-hujjatlar
Yuzaga kelgan sanitariya-epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda barcha talabgor tomonlardan yozishmalarni elektron shaklda sti@exat.uz, smsiti@mail.ru elektron pochtasiga yuborilishini so‘raymiz.
Xalqimiz salomatligini asrash buyuk sharaf.
Murojaat uchun telefonlar:
(71) - 253-19-58.
(90) - 763-00-40.

Ulashish:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech