Yangiliklar

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan.

         Shuni hisobga olgan holda, “O’zstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti ham yurtimizdagi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yurtimiz istiqboliga o’z hissasini qo’shishni istagan talabalarni amaliyot ishlariga jalb qilish hamda zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari uchun ajoyib maktab vazifasini o’tamoqda desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Institumizdagi ilmiy tadqiqot bo’limlari tomonidan amaliyotga kelgan talabalarga tushuntirish ishlari, bo’lim faoliyati, sohaga oid qonun xujjatlari va shu kabi bir qator ishlar qiziqarli dars ko’rinishida amalga oshirib kelinmoqda.

         Xususan Metrologiya, atamashunoslik va tarjimalar bo’limi tomonidan “Toshkent Arxitektura va qurilish Instituti”ning 2-kurs talabalariga bo’limning ish faoliyati, mavjud laboratoriyalar bo’yicha amaliyot darslari o’tilib, joriy hafta so’nggida talabalar imtixondan o’tkazilib, o’zlashtirish darajasiga binoan amaliyot kundaligiga baholar qo’yildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech