Standartlashtirish

Standartlashtirish bo’limning asosiy vazifa va

funktsiyalari quyidagilardan iborat.

 

 “Standartlashtirish to’g’risida”gi, “Metrologiya to’g’risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida“gi, “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunlari ijrosi va faoliyatiga tegishli boshqa amaldagi huquqiy xujjatlari va normativ-huquqiy xujjatlarni amalda tadbiq etish bo’yicha “O’zstandart” agentligi rahbariyatiga takliflar ishlab chiqib taqdim etish.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, inson hayoti va sog’ligi uchun mahsulotlar xavfsizligi va sifati, tabiatni muhofaza qilish va o’zaro almashinuvchanlik masalalarida ishtirok etish.

Ichki bozorni xavfsiz va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanishida normativ-huquqiy, normativ hujjatlar normalarini belgilanishi, takomillashtirilishida ishtirok etish.

Sanoat tarmoqlari bo’yicha mahsulotlarning sifati va xavfsizlik talablarini ta’minlash bilan bog’liq masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, tashkilotlar va boshqa xo’jalik sub’ektlarga uslubiy hamda amaliy yordam ko’rsatish.

"O’zstandart" agentligi va uning tizim idoralari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.

 Tadbirkorlik sub’ektlariga standartlashtirish sohasidagi normativ xujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tegishli uslubiy hamda amaliy yordam ko’rsatish.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (SMS) yo’nalishlari bo’yicha sohalarning dolzarb masalalarini echishda xalqaro donor tashkilotlarni jalb qilish asosida moliyaviy rejalarni tuzish.

SMS bo’yicha sohalar TQ faoliyatini tahlil qilish natijasida ular faoliyatini takomillashtirish yo’llarini aniqlash.

Respublika hududidagi amalda bo’lgan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik ko’rsatkichlarini ilmiy yondashgan holda uyg’unlashtirish ishlarida etakchilik qilish.

Jaxon bozorida qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifati bo’yicha amalga oshirilayotgan tajribalar bilan doimiy tanishib borish.

Xalqaro standartlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga keng joriy etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish

O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik ko’rsatkichlarini belgilash jarayonida xalqaro xavfsizlik ko’rsatkichlarini qabul qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish

 Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro xavfsizlik talablarini aniqlash usullarini Respublikada qabul qilish amaliyotini joriy qilishda ishtirok etish

Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha xalqaro standarlarni O’zbekiston Respublikasida joriy qilishda TQ ishini hamkorlikda jadallashtirish ishlarida ishtirok etish

O’tkazilgan ilmiy-tekshirish natijalarida aniqlangan kamchiliklar bo’yicha rahbariyatga konstruktiv takliflar kiritish.

Resurslarni tejash hamda ilmiy-izlanish natijalarini amaliyotga joriy etish bilan bog’liq masalalarda tavsiyalar ishlab chiqish.

Bo’lim kishloq xo’jaligi va iste’mol soxasida tashkil etiladigan TQlar faoliyatini muvofiqlashtirishda quyidagilar orqali ishtirok etadi:

Qishloq xo’jaligi va iste’mol soxa yo’nalishlarida tashkil etiladigan TQlar Nizom loyihalarini kelishishda;

TQ faoliyatining joriy va istiqbol reja hamda dasturlarini kelishishda.

Amalda faoliyat yuritayotgan TQlar Nizomini tahlil qilish asosida "Texnik qo’mita Namunaviy nizomi"ni tizimli aktuallashtirish (qayta qo’rib chiqish, o’zgartirishlar kiritish).

Yangi maxsulot, xizmat va jarayonlar bo’yicha tarmoq TQ;

Yangi maxsulot, xizmat va jarayonlar bo’yicha tarmoqlararo TQ;

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bo’yicha TQ ("Ta’lim tizimi", "Personal kompetentini tasdiqlash", "Akkreditatsiya", "Baholovchi xizmatlar", "Bank operatsiyalari", "Aholi transport xizmatlari", "Yuridik shaxslar uchun transport xizmatlari" va boshqalar).

TQ xodimlari (a’zolari) malakasini oshirish kurslari uchun “O’zstandart” agentligi vakolati doirasidagi barcha faoliyat yo’nalishlari (standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditlash, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohalarida) bo’yicha dasturlar, o’quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish.

TQ xodimlari (a’zolari)ga “O’zstandart” agentligi vakolati doirasidagi barcha faoliyat yo’nalishlari bo’yicha konsultatsiyalar berish.

Chet el mamlakatlarida TQ ishining samarali tajribasini o’rganib chiqish va amalda qo’llash.

Ishchi hujjatlarni tayyorlash bosqichida xalqaro va davlatlararo TQlar bilan o’zaro ish yuritish huquqini TQ me’yorlashtirish bo’yicha "O’zstandart" agentligiga takliflar tayyorlash va taqdim etish.

TQ faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirish bo’yicha SMSITI ilmiy kengashiga hisobotlar va takliflar tayyorlash va taqdim etish.

Oziq-ovqat va organik toza qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga qo’yiladigan talablarni belgilovchi xalqaro standartlarni (Global GAP) O’zbekiston Respublikasida qabul qilish, joriy qilish masalalarida ilmiy-izlanishlar olib borish.

Oziq-ovqat va organik toza qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish idoralarini tashkil qilish masalalarida kadrlarni (maslaxatchi va nazoratchi mutaxassis, auditor va ekspert-auditor) tayyorlash.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech