Sertifikatlashtirish

Muvofiqlikni baholash sohasidagi xalqaro qo’llanmalar va amaldagi bitimlar asosida O’zbekiston Respublikasining akkreditlash va mahsulot muvofiqligini tasdiqlash milliy tizimlarining asosiy rivojlanish yo’nalishlarini va tan olish darajasini oshirish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazadi.

Yaqin davr  mobaynida o’tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar  vazifalari:

- akkreditlash organlari va muvofiqlikni tasdiqlash organlariga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga olgan muvofiqlikni tasdiqlash tizimining xalqaro standartlarini tadqiq qilish;

- Respublika hududida qo’llash uchun zarur bo’lgan xalqaro normativ hujjatlarni amalga joriy etish;

SMSITIda «O’zstandart» agentligi tomonidan sifat tizimlarini sertifikatlashtirish organi va xodimlarni sertifikatlashtirish organi  sifatida akkreditlangan organi faoliyat yuritadi (NSS.UZ.AMT.05.MAI.001 akkreditlash to’g’risidagi guvohnoma). SMSITI Sertifikatlashtirish organi quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi:

- O’zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida sifat menejmenti tizimlarini O'z DSt ISO 9001:2015, O'z DSt ISO 14001, O'z DSt ISO 22000, O'z DSt ISO 50001:2015 va OHSAS 18001ga muvofiqlik bo’yicha sertifikatlashtiradi;

- menejmen tizimi bo’yicha menejerlar va ichki auditorlarni sertifikatlashtiradi.

Bundan tashqari, quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi:

- tashkilotlar, sertifikatlashtirish organlari va sinovG’kalibrlash laboratoriyalarining ichki auditini o’tkazishda yordam ko’rsatadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech