Masofadan o'qitish

Masofadan o'qitish

Masofadan o`qitish dayr talabi

Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch keldikim, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o’zgarishlar, xususan axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog’liq. Ta’lim, ishlab chiqarishning turli jabhalariga yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog’ini rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo’nalishlarini ochilishiga sabab bo’ldi. Birinchidan, o’quv muassasalarining texnik ta’minotini keskin o’zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo’l ochilishi o’qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi o’qitish shakli - masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi.

Masofaviy ta’limda ta’lim oluvchi va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maxsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon axborot ta’lim tarmog’iga kirish imkonini beradi.

Masofaviy o’qitish barcha ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o’qitish jarayonida ta’lim oluvchi interaktiv rejimda mustaqil o’quv-uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, nazoratdan o’tadi, o’qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o’quv guruhi» ta’lim oluvchilari bilan muloqotda bo’ladi.

Masofaviy o’qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o’qitish vositalari (o’quv qo’llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferentsiyalar ma’lum vaqt orasida o’zaro muloqotda bo’lishga, elektron pochta to’g’ri va teskari aloqa o’rnatishga, ya’ni xabarlarni jo’natish va qabul qilishga mo’ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va ko’rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish ta’lim oluvchilarga o’zaro teskari aloqa orqali o’qitish imkonini beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayoniga oid ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o’tamiz.

Masofaviy ta’lim - masofaviy o’qitishga asoslangan ta’lim.

Masofaviy o’qitish - o’zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o’quv jarayonlari komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o’qitish usullariga asoslangan ta’lim oluvchi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabat.

Masofaviy o’qitish tizimi - masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.

Masofaviy o’qitishning pedagogik texnologiyalari - tanlangan o’qitish kontseptsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o’quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o’qitish metodi va uslublar majmuasi.

Institutning malaka oshirish markazi tomonidan institutda masofadan o`qitishni jori qilish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech