Markaz faoliyati

 

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (Standartlar instituti) Qayta tayyorlash va Malaka oshirish markazi (QT MOM) haqida ma'lumot

 

      Standartlar institutining QT MOM Markaziy osiyoda Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejment tizimi sohalari  hamda o‘zaro bog‘liq sohalarda rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini  oshirish  bo‘yicha yetakchi o‘quv markazi hisoblanadi.

 

Malaka oshirish markazi quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

 

“O‘zstandart” agentligi  tizimidagi va Respublikamizdagi korxona va tashkilotlarda  Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejment tizimi sohalari  hamda o‘zaro bog‘liq sohalarda rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish.

     - O‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv tematik reja va dasturlar, o‘quv-usuliy materiallar, reja-jadvallar, axborot xatlari, shartnomalar, guvohnomalar, sertifikatlar va h.k ishlab chiqish;

     - tinglovchilarning ta'limi, malakasi, ish staji va boshqa kasbiy ma'lumotlarini inobatga olgan holda tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha o‘quv guruhlarini shakllantirishning samarali va qulay usullarini joriy etish;

     - xalqaro tajribani qo‘llagan holda respublikamizdagi o‘xshash o‘quv tashkilotlarining ish tajribasini tahlil qilish asosida o‘quv jarayonini boshqarish tizimin muntazam ravishda takomillashtirish;

     - o‘quv guruhlarini tashkil etish;

     - har bir ixtisoslik bo‘yicha o‘quv dasturlarini tuzish va qayta ko‘rib chiqish.

     - korxona va tashkilotlarning talabnomalariga binoan Reja–jadvalga kiritilmagan o‘quv kurslarini tashkil etish; 

     - tashkilotlarning xodimlariga qulayliklar va kerakli sharoitlar yaratish uchun o‘quv kurslarini korxona va tashkilotlar bazasida tashkil qilish (bir ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar soni 15 dan kam bo‘lmasa);

     - standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro va davlatlararo kurslar o‘tkazish;

     - tinglovchilarning bilimlarini baholash yangi shakllarini joriy etish - testdan o‘tkazish, amaliy sinovdan o‘tkazish, maqsadli imtihon va h.k.;

     - o‘quv jarayoniga amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, seminarlar, ishlab chiqarish holatlari, joylardagi mashg‘ulotlarni muhokama qilish va h.k.;

     - MOM o‘quv-laboratoriya bazasini rivojlantirish – o‘quv-laboratoriya uskunalar hamda boshqa texnik va ko‘rgazmali vositalarni sotib olish;

     - tinglovchilarni izlash bo‘yicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida marketing va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish;

     - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish yangi o‘qitish usullarini joriy etish;

     - Standartlar instituti QT MOMda kadrlar tayyorlanishi va malakasi oshirilishi to‘g‘risida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish;

     - QT MOMda ikki kunlik (16 soat), uch kunlik (24 soat), bir xaftalik (40 soat), ikki xaftalik (80 soat), uch xaftalik (116 soat) va to‘rt xaftalik (152 soat) o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

     - Korxona va tashkilotlar mutaxassislarini o‘qitish uchun to‘lovlar tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.

     - QT MOM o‘qtuvchilar tarkibi «O‘zstandart» agentligi tizimi, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari, Fanlar  Akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining mutaxassislari hamda Soliq va Bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Xo‘jalik sudi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa iqtisodiyot tarmoqlarining 70 dan ortiq xodimlaridan iborat.

 

Biz har doim siz bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech