E’LON!

E’LON!
Yangi malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda 2019 yilning 20-25 may sanasigacha “2019 yil uchun tashkilot va korxonalarning mutaxassislari malakasini oshirish reja-jadvali”ga binoan, “Sifat menejmenti va ichki audit”, “Sifat menejmenti tizimi xujjatlarini tayyorlash. ISO 9001: 2015 standarti yangi versiyasiga o‘tish” yo‘nalishlari bo‘yicha 40 soatlik haftalik o‘quv kurslari rejalashtirilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan kurslarning har biri bo‘yicha o‘qitish kurslari bir kishi uchun 525 000 so‘m (kofe-breyk bilan) mehmonxona xizmatisiz. Standartlar instituti mehmonxonasida bir kishi uchun bir kunlik narxi ( nonushta bilan), ikki kishilik xona 79 500 so‘m, bir kishilik xona 82 500 so‘mni tashkil etadi. Mehmonxonada joy bron qilish uchun - (0371) 253-82-17 raqamiga murojaat etishingiz mumkin). O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga guvohnomalar topshiriladi. Standartlashtirish institutining Malaka oshirish markazi tomonidan malaka oshirish kurslari davomida joylarda 20 kishiga mo‘ljallangan ko‘chma o‘quvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Eslatma: Standartlar instituti MOM o‘quv kurslariga yuboriladigan mutaxassislar o‘z tashriflari haqida o‘quv dasturlari boshlanishidan kamida 3 kun avval murojaat etishlari so‘raladi. Barcha savollar bo‘yicha quyidagi telefon va faks orqali murojaat etishingiz mumkin: (71) 253-80-81, 253-85-10. e-mail: spk-niisms@exat.uz, spk_niisms@mail.ru.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech