Jurnalga maqola berish

“STANDART” ilmiy-texnika jurnali tahririyatiga yuboriladigan maqolalar mualliflari quyidagi talablarga rioya etish lozim:

  1. Tahririyat faqat original ilmiy maqolalarni qabul qiladi.
  2. Maqolaning hajmi 6 betdan oshmasligi lozim. Maqola matni, annotatsiya va mualliflar to’g’risidagi ma’lumotlar 1 interval oralig’ida MS Word-da Times New Roman 14 kegl shriftda va hoshiyalari chap tomondan 3 sm, yuqori va pastki tomondan 2 sm.dan, o’ng tomondan 1 sm bo’lishi lozim.
  3. Formulalar tartib raqamlari oddiy qavslar ichida matnning o’ng tomoniga joylashtiriladi.
  4. Tahririyatga quyidagilar taqdim qilinadi:

- bosmadan chiqarilgan va mualliflar tomonidan imzolangan qo’lyozma (ikki nusxada yozma va el. tarzda);

- nashr etish uchun ekspertiza xulosasi (ikki nusxada); 

  1. Matnda ishlatilgan adabiyotlar tartib raqamlari kvadrat qavs ichida keltiriladi. Adabiyotlar ro’yxati matnda kelish tartibida beriladi.
  2. Maqolaning nomlanishi, mualliflari, asosiy maqsadi, olingan natija, xulosa va tavsiyalarni o’z ichiga olgan uch (o’zbek, rus va ingliz) tildagi 10-12 qatordan oshmagan annotatsiyalarda beriladi.
  3. Mualliflar haqidagi ma’lumotnomada (mualliflar soni to’rttadan oshmasligi kerak) mualliflarning ismi-sharifi, otasining ismi (to’liq yoziladi); ilmiy darajasi; ilmiy unvoni; lavozimi va tadqiqotlar o’tkazilgan muassasaning to’liq nomi, manzili va telefon raqamlar keltiriladi.
  4. Maqolani birinchi betida (chap tomonda) UDK raqami ko’rsatiladi.

Jurnalga to’g’ridan-to’g’ri tahririyat bilan shartnoma asosida yoki “O’zbekiston pochtasi”, “Matbuot tarqatuvchi” AKlar orqali obuna bo’lish mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech