Jurnal haqida

“STANDART” ilmiy-texnika jurnali

Jurnal  2013 yil 2 mayda O’zbekiston Matbuot va axborot agentligidan 0021 raqami bilan ro’yxatdan o’tib, 2181-7634-sonli ISSN raqami bilan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI) muassisligida to’liq rangli tarzda har chorakda bir marta, o’zbek, rus va ingliz tillarida 2000 nusxagacha chop etib kelinmoqda. Jurnalning har bir sonida chop etilgan asosiy maqolalar SMSITIning internet tarmog’idagi smsiti.uz saytiga joylashtirib boriladi.

 Jurnal mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya hamda sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirish, sohaga tegishli yangiliklar, davlatimizda bu borada qabul qilinayotgan qonunlar, Prezidentimizning soha rivojiga oid Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ularga mutaxassislarning sharhini doimiy ravishda e’lon qilib boradigan yagona nashr hisoblanadi.

 Jurnal  tahririyati soha uchun bo’lg’usi mutaxassislar tayyorlanayotgan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti, Turin politexnika hamda I.M.Gubkin nomidagi  Rossiya davlat neft va gaz Universitetining Toshkent filiallari, Jizzax politexnika, Andijon mashinasozlik institutlarining standartlashtirish, metrologiya kafedralarining professor-o’qituvchilari, magistrlari, talabalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Jurnalda “Standartlashtirish”, “Metrologiya”, “Sertifikatlashtirish”, “Fan-Nauka”, “Ilmiy izlanishlar” ruknlari mavjud.

          Jurnal tahririyati a’zolari tarkibi 2 nafar Akademik, 6 nafar texnika fanlari doktori, professor, 2 nafar texnika fanlari doktori va sohaning etuk mutaxassislaridan iborat. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech